15:34 / 28.01.2017
8 203

Britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi

Britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi

Garri Potter haqidagi filmlarda mister Ollivander roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda «Daryo». Uning vafoti sababiga aniqlik kiritilmayapti.

2015 yilda Xyortda oshqozonosti bezi saratoni aniqlangan edi. O‘sha yiliyoq aktyor saratonni muvaffaqiyatli tarzda engganini ma’lum qilgan edi.

Aktyor «Tungi ekspress», «1984», «Fil odam», «Kontakt», «Xellboy», «Xellboy 2», «Barcha eshiklarni ochuvchi kalit», «V — vendetta demakdir», «Indiana Jons va billur bosh suyak qirolligi» hamda Garri Potter haqidagi filmlar seriyasida rol ijro etib tanilgan.

Aktyor ikki marta «Oskar» mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, u «Oltin globus» va BAFTA mukofotlari sovrindoridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi