Hilola Hamidova Dilmurod Agzamovning ortidan quvib Tailandgacha bordi

  • 28 yanvar 2017, 15:43
  • 8 175
  • Madaniyat
  • Hilola Hamidova Dilmurod Agzamovning ortidan quvib Tailandgacha bordi

    Avvalroq, xonanda Hilola Hamidovaning “Sog‘indim” nomli yangi qo‘shig‘ini saytimiz orqali premera qilgan edik. Yangi yilni yangi ijod mahsullari bilan boshlagan Hilola Hamidova navbatdagi qo‘shig‘iga klip suratga oldirish uchun klipmeyker Dilmurod Agzamovning ortidan Tailandgacha bordi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

    Gap shundaki, Hilola Hamidovaning ijodida sifatli kliplar kam. Navbatdagi “Sog‘indim” nomli qo‘shiq esa omadli chiqdi. Albatta, bu qo‘shiqqa sifatli klip suratga oldirish kerak. Xonanda buning uchun rejissyor Dilmurod Agzamov va tasvirchi Rustam Murodovga murojaat qildi. Dam olish uchun Tailandga otlangan Agzamov va Murodov Hilolaning taklifini rad etishgan.

    Tailand safaridan xabar topgan Hamidova ham jomadonini yig‘diyu Tailandga yo‘lga chiqdi va Dilmurod Agzamovga klip oldirib qaytdi.

    E’tiborli jihati shundaki, “Sog‘indim” milliy estrada yo‘nalishida kuylangan qo‘shiq. Klip esa Tailandda suratga olindi. Qiziq, xonandaning milliy qo‘shiqqa Tailand orollarida oldirgan klipi ketgan sarf-xarajatni oqlarmikin?

    Hilola Hamidovaning yangi qo‘shig‘iga suratga olingan videoklipni tez orada saytimiz orqali tomosha qilasiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hilola Hamidova Dilmurod Agzamovning ortidan quvib Tailandgacha bordi