22:35 / 28.01.2017
20 358

Omadbek Ahmadjonov Islom Karimov xotirasiga qo‘shiq kuyladi (video)

Omadbek Ahmadjonov Islom Karimov xotirasiga qo‘shiq kuyladi (video)

Xonanda Omadbek Ahmadjonov repertuaridan joy olgan va uning ijrosida yangragan ko‘plab qo‘shiqlar elimiz olqishiga sazovor bo‘lgan. U Botir Zokirov ijodidan o‘ziga xos talqinda ijro etgan “Umid” qo‘shig‘ini O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishladi, deb xabar qildi "Namnews.uz".

-Bu siymo haqida har kimning o‘z so‘zi bor. Har yurakda u o‘ziga xos ohanglar bilan bo‘y beradi.

Men ham elimizga tortiq etishdan mamnuniyat tuyayotgan bu qo‘shig‘imni shu nurli siymo - Birinchi Prezidentimiz Islom ota Karimovning o‘chmas xotirasiga bag‘ishladim.

Shoyad, Islom Karimovning buyuk shaxsi ajdodlar jasorati, bugunning shahdi va kelajak saodati bilan uyg‘un.

Keling, yana bir lahza hammamiz suygan mumtoz ohanglarda Yurt otasi Islom Karimovni yodga olaylik. Shoyad, bu qo‘shig‘im ham xalqimiz shuuriga ziyo, yuragiga quvvat, niyatiga qanot bersa. Zero ul muborak zot aynan men kabi yoshlarning tinch va osuda osmon ostida kuylashimiz uchun jon fido etdilar – deydi xonanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Omadbek Ahmadjonov Islom Karimov xotirasiga qo‘shiq kuyladi (video)