14:43 / 29.01.2017
9 533

Ozodbek va 300 askar!

Ozodbek va 300 askar!

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov baxor kelar kelmas viloyatga naq 300 askardan qo‘shin tortib chiqib ketmoqda, deb yozmoqda Sayyod.com. "Mendirman" qo‘shig‘iga u judayam katta loyixa tayyorlagan va qo‘shiq nomi "Mendirman" bo‘lsa klip nomi Jaloliddin Manguberdi !

Albom va qo‘shiqlar bilan xalqning ma’naviy saviyasini ko‘tarib san’atga munosib xissa qo‘shishga bel bog‘lagan Ozodbekning Boburdan to Lutfiygacha bo‘lgan yuki og‘iru ma’naviyati yuksak bo‘layotgan ijod maxsulotlaridan xabardorsiz. Endilikda u bu borada audio vizualizasiyadan tasviriy ta’sirga o‘tmoqda.

Ozodbek boshlagan ish nomi oddiy klip tushunchasida bo‘lsada unga tayyorlanayotgan ishlar katta bir tarixiy filmiga bo‘layotgandek. Tasavvur qiling naq 300 askar! Qiziq, Ozodbekni o‘zi klipda Jaloliddin timsolida gavdalanarmikan yoki yo‘qmi xozircha sir.

Ozodbek Nazarbekov:-Xozirda barcha kuchni shunga sarflayapmiz, tipajlar, kostyumlar, jixozlar..., xullas tarixiy klip olishga tayyorgarlik avjida.
Xabarlarga ko‘ra ushbu klip Jizzaxda suratga olinishi kutilmoqda. Kuzatamiz va Ozodbekdan kamida "300 spartansev" filmiga o‘zbekona ijodiy zarbasini kutamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek va 300 askar!