Ijodkor Alisher Uzoqov bugungi kun aktyorlik maktabi haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Darakchi» gazetasi'ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Yosh, iqtidorli aktyorlar kamayib ketyapti, – deb gap boshladi Alisher Uzoqov. – Yaqinda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga borib, ma’muriyatga uchrashib, ‘Men talabalarga dars bermoqchiman, 4 yil ichida kino uchun kamida ikki nafardan yaxshi aktrisa va aktyor chiqarib beraman’, – deb aytdim.
O‘zbek kinosida porlagan so‘nggi yulduzlar – Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabovlardan keyin pichoqqa ilinadiganlardan oxirgisi men bo‘lsam kerak. Bundan xursand bo‘lmayman, aksincha, yangi qahramonlar chiqmayotganidan afsusdaman.
30 yoshga kirdim, ikki farzandli bo‘ldim. Sochim ham to‘kilib, qiyofam ancha o‘zgargan. Xohlaymanmi, yo‘qmi endi 18 yoshli yigit rolini o‘ynolmayman. Boshqa tengqurlarimda ham xuddi shunday jarayon kechyapti. Kinomizga yangi qahramonlar, yangi chehralar kerak.
Yangi filmim uchun uzoq vaqt davomida aktyor qidirdim. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutidan ham o‘zim xohlagan aktyorni topa olmadim. Oxiri o‘sha rolni o‘zim o‘ynashga majbur bo‘ldim. Aslida bu filmda umuman ko‘rinmoqchi emasdim». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi