21:36 / 30.01.2017
8 186

14 fevral kuni "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

14 fevral kuni "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

Madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasida "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 14 fevral kuni "Istiqlol” san’at saroyida o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.

Vazirlar Mahkamasining 23 yanvardagi "Madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasidagi "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazish to‘g‘risida”gi majlis bayoni bilan ushbu tadbirni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha respublika Tashkiliy-ijodiy guruhi hamda nomzodlarni saralovchi Badiiy kengash tashkil etilgan.

"E’tirof” mukofoti "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, "Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, "Tasviriy va amaliy san’at”, "Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie”, "Sport”, "E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Manba:UZ24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 14 fevral kuni "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi