23:35 / 06.02.2017
15 055

Tohir Yo‘ldosh haqida «Muqaddas istak» filmi suratga olindi (Video)

Tohir Yo‘ldosh haqida «Muqaddas istak» filmi suratga olindi (Video)

1990-yillar. Namangan. Bir guruh ashaddiy ekstremistlar xorijlik homiylari ssenariysi asosida Farg‘ona vodiysida xaosni yuzaga keltirish uchun bor «mahorat»larini ishga soladilar. Bu yo‘lda har qanday qabihlikdan qaytishmaydi. Rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan «Muqaddas istak» filmida shu voqealar mahorat bilan tasvirga olingan. Shu kunlarda ushbu filmning ilk treyleri e’lon qilindi, deb xabar beradi vodiymedia.uz
Davlat buyurtmasi asosida «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan film 1988-1992 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u mustaqillikdan oldingi, hamda mustaqillikning dastlabki tahlikali yillarini yoritib beradi. Unda istiqlolga erishishdagi qiyinchiliklar, nochor ahvol, moddiy qiyinchiliklar, davlatimizning mustaqilligini, ozodligini xohlamasdan har xil xurujlar uyushtirgan guruhlar faoliyati haqida ham so‘z boradi.
Filmda Sohib Abbosxon, Lola Eltoyeva, Gulbahor Yo‘ldosheva, Erkin Komilov, Muhammadali Abduqunduzov, Yulduz Hamidova, Farhod Abdullaev, Dilmurod Masaidov, Samiddin Lutfullaev, Shahnoza Ahmedova, Akmal Mirzo singari aktyor va aktrisalar rol ijro qilishgan.
[media=https://youtu.be/YC3f4Mex0lI]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tohir Yo‘ldosh haqida «Muqaddas istak» filmi suratga olindi (Video)