Rejissyor Jahongir Ahmedov uzoq tanaffusdan so‘ng yangi romantik kinokomediya ustida ish boshladi. «Asal oyi» deb nomlangan yangi romantik kinokomediyada bosh rollarni aynan aktyor va rejissyor Azamat Axrorov hamda aktrisa va dizayner Shaxzoda Muhammedovalar ijro qilishmoqda.
Bosh rollarga aktyor va aktrisalarni tanlash borasida prodyuserlar uzoq tortishuvlardan so‘ng Azamat Axrorov hamda Shaxzoda Muhammedovalar juftligini tanlashdi.
Filmning asosiy voqealari ya’ni asosan chet elda suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, moddiy xarajatlarni uchta katta prodyuserlar o‘z bo‘yniga olganligi ham filmning nechog‘lik katta kino kartinka ekanligidan dalolat beradi. Nahotki filmning byudjeti shu darajada katta bo‘lsa?
Shaxzoda Muhammedova filmdagi bosh qahramon qiz uchun 22 xil libosdan tashkil topgan liboslar dizayni va ularni tikib, tayyorlash bilan bandligi haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Filmda Matyoqub Matchonov, Ra’no Yarasheva, Muhammad Iso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamuratov singari aktyorlar jamoasi ishtirok etadi.
Bizningcha kasting jarayoni va aktyor, aktrislarni saralash hali ham davom etmoqda.
«Asal oyi» filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Jahongir Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi