O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka yuz tutdi. 10 fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi.
1966 yilning 26 martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.
Uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operasiyani o‘tkazishadi, biroq urinishlar zoe ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi.
O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydilar.
Fursatdan foydalanib, Munira Muhammedovaning oila a’zolari va yaqinlariga tahririyatimiz nomidan hamdardlik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi