12:27 / 18.02.2017
15 327

Zarina Nizomiddinova: "Estrada uchun sarflagan vaqtimga achinmayman!"

Zarina Nizomiddinova: "Estrada uchun sarflagan vaqtimga achinmayman!"

O‘zbek kino san’atining yorqin yulduzlaridan biri Zarina Nizomiddinova faoliyati matbuotda ko‘p muhokama etilayotgani sir emas. Zarina muxlislari ko‘pligi bo‘yicha hamkasblari orasida oldingi o‘rinlarda turadi. Bundan tashqari u ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol. Shu bois uning har bir qadami-yu kiygan libosi turli munozaralarga sabab bo‘lishi odatiy tusga kirgan, deb yozadi Vodiymedia.uz.

Zarina Shohruhxonning konsertida sahnaga kiyib chiqqan kalta libosi borasida tanqidga uchragani va bundan xulosa chiqargan holda ikkinchi kunda uni uzaytirib olganini aytib o‘tdi. “Har qanday tanqidni to‘g‘ri qabul qilaman. Muxlislarimni hurmat qilganim uchun o‘zimni o‘zgartirdim. Biz ular bilan bormiz” – deydi akstrisa.

“Estarada sohasi uchun sarflagan vaqtimga achinmayman. Qo‘shiqlarim mening uchun esdalik bo‘lib qoldi. Shou-biznesda muvaffaqiyatsizlikka uchraganim yo‘q. Faqat muxlislar meni ko‘proq aktrisa sifatida qabul qilishlarini tushunib etdim. Shu bois bor e’tiborni shu sohadagi faoliyatimga bag‘ishlaganim ma’qulroq. Lekin so‘nggi paytlarda saviyali ssenariyning yo‘qligi tufayli kinoda suratga tushmayapman. Takliflar bor. Lekin ularning birortasidan qoniqish hosil qilolmaysan kishi”, - deydi Zarina Nizomiddinova hozirgina Jasur Hamroyevning ijtimoiy tarmoqda uyushtirgan onlayn suhbatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Nizomiddinova: "Estrada uchun sarflagan vaqtimga achinmayman!"