9 578
Jahongir Otajonov «Xorazm yigiti sifatida» Yulduz Usmonovaning «Xorazmlik qizlar» taronasiga javob qo‘shig‘i tayyorladi
Xonanda Jahongir Otajonov 11—13 mart kunlari «Turkiston» san’at saroyida «Lola» deb nomlangan navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Xonanda ushbu konsert dasturi oldidan Yoshlar ijod saroyida matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Xonanda anjuman avvalida jonli ijroda qo‘shiqlar kuylab berdi. Matbuot anjumanidagi kutilmagan «kichik konsert»dan so‘ng, Jahongir Otajonov jurnalistlarning barcha savollariga javob berdi. Xususan, Jahongir Otajonov bo‘lajak konsertida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning «Xorazmlik qizlar» nomli qo‘shig‘iga javob tarona kuylashini ma’lum qildi.
Xonanda jurnalistlarning qistovi bilan Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘iga javob tariqasida kuylashni rejalashtirgan qo‘shig‘ining bir qismini she’r tarzida aytib berdi:
Kim qayerda yursa yurtim bag‘ri kengdir
Qay millat-u, qay shevada bari tengdir,
Deya ko‘rmang, bir birovga kim u mengdir
Hasad qilmang Xorazmning qizlariga,
Yulduz tugul, oy chiqolmas tizlariga!
Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiqning kuylanishi haqida bungacha xonandaning musiqachilari ham bilmagan.
Yulduz Usmonovaning «Xorazmlik qizlar» qo‘shig‘ini quyida tinglash mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Yulduz Usmonovani «Xorazmlik qizlar bosib ketdi Toshkandini» degan qo‘shig‘iga bundan bir necha yil oldin javob tarona yozgan edim. Ammo o‘sha vaqtlarda u kishiga tosh otishni o‘zimga joiz ko‘rmadim. Bugungi kunda ular ham ijod qilishni boshladilar. «Xush kelibsiz Xorazmga» deb nomlangan qo‘shig‘imizni Yulduz Usmonovaga bag‘ishlab yozganman. Chunki o‘shanda «Xorazmlik qizlar hamma yoqni bosib ketdi» degan gap mening izzat-nafsimga tekkani uchun, men ham shunga yarasha fikrlarimni qo‘shiq bilan tasvirlagan joylarim bor.
Jahongir Otajonov, xonanda
Jahongir Otajonov, xonanda
Xonanda jurnalistlarning qistovi bilan Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘iga javob tariqasida kuylashni rejalashtirgan qo‘shig‘ining bir qismini she’r tarzida aytib berdi:
Kim qayerda yursa yurtim bag‘ri kengdir
Qay millat-u, qay shevada bari tengdir,
Deya ko‘rmang, bir birovga kim u mengdir
Hasad qilmang Xorazmning qizlariga,
Yulduz tugul, oy chiqolmas tizlariga!
Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiqning kuylanishi haqida bungacha xonandaning musiqachilari ham bilmagan.
Yulduz Usmonova buyuk san’atkor, ustozimiz. San’atkor sifatida barchamiz hurmat qilamiz, lekin bu narsaning javobi baribir bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, bundan keyin Yulduz Usmonova meni balki juda yomon ko‘rib qolar, balki menga javoban juda boplab ashula ham yozar, ammo menga buning farqi yo‘q. Men opa-singillari bor Xorazm yigiti sifatida bunga javob qilishim kerak edi, deb o‘ylayman.
Jahongir Otajonov, xonanda
Jahongir Otajonov, xonanda
Yulduz Usmonovaning «Xorazmlik qizlar» qo‘shig‘ini quyida tinglash mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?