12:02 / 24.02.2017
9 273

Oyxon Iforzodaga Shoh Alimovich “Mersedes” sovg‘a oldi

Oyxon Iforzodaga Shoh Alimovich “Mersedes” sovg‘a oldi

Ota-ona bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagan boshlovchilar Oyxon Iforzoda va Shoh Alimovich kecha to‘ylarining 1 yilligi sanasini nishonlashdi, deb yozmoqda Darakchi.uz nashri.

Oyxon Iforzoda “Instagram”dagi kuzatuvchilari bilan kecha bo‘lib o‘tgan ajoyib voqea bilan bo‘lishdi:

“Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman! Ertalabdan men biroz hafa edim, sababi doimo e’tiborliligi bilan ajralib turgan turmush o‘rtog‘im to‘yimiz sanasini unutganday edi go‘yo. Ertalab turib, sovg‘a qilish u yoqda tursin hatto bir og‘iz ham tabriklashni lozim topmagan turmush o‘rtog‘imdan juda hafa bo‘ldim. Undan kechga rejalari haqida so‘rasam, u javob ham bergisi kelmadi. Bundan hatto yig‘lab ham oldim, nahotki, to‘yimizning ilk sanasini unutgan bo‘lsa... Keyin bilishimcha, buning hammasiga mana shu sovg‘a sabab bo‘lgan, men uni juda orzu qilgandim. Sevgilim, hammasi uchun rahmat!”

Darvoqe, yaqinda Shoh Alimovich hamda Oyxon farzandi Amirshoxning chillasi chiqqanini nishonlashgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oyxon Iforzodaga Shoh Alimovich “Mersedes” sovg‘a oldi