O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolangani va ma’lum muddat tanaffus qilishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbek milliy akademik drama teatrida bir necha yillardan buyon namoyish etilib kelinayotgan “Ko‘ngil” spektaklida Muqaddas Xoliqova bosh rolni ijro etgan. Mazkur spektakl mana necha yillarkim sahnadan tushmay kelayapti. Har gal shu spektakl namoyish etilganda, zal tomoshabin bilan liq to‘ladi.
Xoliqovaning betobligi sabab “Ko‘ngil” qo‘yilmayotgan edi. Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova “Qalampir” tahririyati bilan bog‘lanib, qachon ishga qaytishini, “Ko‘ngil” spektakli yana qachon sahnalarga chiqishini ma’lum qilgan.
Muqaddas Xoliqovaga ko‘ra, tanaffusdan so‘ng aktrisa 21 mart kuni yana faoliyatini boshlaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tomoshabinlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyish etiladi.
Aktrisaning salomatligi ancha yaxshi. U suhbat davomida betob bo‘lib qolganida qayg‘urgan, unga salomatlik tilagan do‘stlari, hamkasblari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi