11:48 / 02.03.2017
8 571

Yigitali Mamajonov bosh rolni ijro etgan “Kokteyl” filmi nima haqida?

Yigitali Mamajonov bosh rolni ijro etgan “Kokteyl” filmi nima haqida?

Rejissura sohasiga “Kokteyl” nomli fantastik komediyasi bilan qadam qo‘ygan Kuanishbay Reymbaev Boyazid Jumaev ssenariysi asosida suratga olingan fantastik kinokomediya poytaxt kinoteatrlarida namoyish etilmoqda, deb yozadi Darakchi nashri.

Film haqida: Fe’l-atvori bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan ikki do‘stning hangomasi xususida so‘z boradi. Ulardan biri universitetda yosh o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Ikkinchisi esa hech qayerda o‘qimagan bebosh yigit. Kutilmaganda ular o‘z yashash tarzidan nolib, bir-birining o‘rnida yashashni istaydi. Sehrli barda sehrli ichimlik – kokteyl ichib, ruhi almashib qoladi. Biroq yangi hayotga o‘rgana olishmaydi. Lekin ulardagi o‘zgarish ijobiy natija berib, o‘qituvchi o‘z sevgisiga erishadi. Bebosh yigit esa nufuzli tanlovda birinchi o‘rinni egallab, ajrashib ketgan ota-onasini yarashtiradi. Oxir-oxibat yigitlar kimning hayotiga havas qilishmasin, o‘zining hayotidan ortig‘i yo‘qligini tushunib etishadi.



— Har bir ish mustahkam poydevorga qurilmasa, natija ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Shu ma’noda ustoz rejissyorlardan maslahat oldingizmi?

— Albatta! Filmimizga rejissyor Ibrohim Rasulov badiiy rahbarlik qildilar. Beminnat maslahatlari, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari uchun Ibrohim akaga katta rahmat!



— Ruh almashib qolishi “Uchar qiz”, “Men, bu – men” va bir qator xorij filmlariga o‘xshash ekanmi? Filmingiz nimasi bilan ulardan farq qiladi?

— To‘g‘ri, bunday filmlar ko‘p. Siz ta’kidlagan filmlarni ko‘rmaganman. Shuni ayta olaman, “Kokteyl”da g‘oya to‘la ochib bera olingan, kinokartinamning syujet yo‘nalishi boshqa. Filmimdan umidim katta, badiiy kengash rejissuradagi ayrim kamchiliklarni aytdi, debyut ishim bo‘lgani uchun u qadar erga urishgani yo‘q. Qolaversa, suratga olish ishlarini boshlamay, iltimosimga ko‘ra ssenariyni “O‘zbekkino” milliy agentligiga ekspertlar kengashi ko‘rib chiqdi.



Bilasizmi?

Filmda Ra’no Yarasheva, Karim Mirxodiev, Yigitali Mamajonov, Asqar Hikmatov, Bahora Arslonova suratga tushgan.
O‘ziga xos dalillar:

- Kinosinov 1 oy davom etgan.
- Tayyorgarlik jarayoni 2016 yil iyundan, suratga olish ishlari avgustda boshlangan,
- 10 dan ortiq ob’ektda suratga olindi.
- 3 ta bosh qahramon.
- 3 ta muammo yoritilgan.
- 34 ta personaj.
- 1 ta mavsum – yoz ko‘rsatilgan.
- 15 kun montaj qilindi.
- 15 kunlik dublyajda 34ta aktyor rollarni ovozlashtirdi.
- Jami ijodiy guruh a’zolari soni: 50 ta.
- Film tez kunda katta ekranlarga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yigitali Mamajonov bosh rolni ijro etgan “Kokteyl” filmi nima haqida?