Lola: “Odamlar o‘zgalarning yutug‘idan quvona olmaydi”

  • 03 mart 2017, 23:56
  • 5 520
  • Madaniyat
  • Lola: “Odamlar o‘zgalarning yutug‘idan quvona olmaydi”

    Xonanda Lola o‘zining baxtini ko‘rolmayotganlarga baxt, mehr-muhabbat tiladi, deb yozadi Darakchi nashri.

    “Xayrli tong, azizlarim. Avvalgi postlarimga yozib qoldirilgan izohlarni o‘qir ekanman, yana bir marta shunga amin bo‘ldimki, odamlar boshqalar uchun xursand bo‘lishni bilmaydi. Ular o‘zganing muvaffaqiyati va yutuqlarini hayrixohlik bilan qabul qila olmaydi.

    Odamlarni baxti uchun kechirmaydi. Bizning odamlar shunday yaralgan. Rahm qilishga hamma vaqt tayyor, xursandchilikni bo‘lishishga kelganda esa yurak dosh bermaydi! Bu qayg‘uli. Men qayg‘u va afsus bilan bu haqda yozmoqdaman. Har bir muvaffaqiyat ortida katta mehnat yotadi. Eng asosiysi esa hayotdagi eng og‘ir damlarda ham ezgulikka ishonish. Hayotda sizdan biroz ko‘proq yutuqlarga erishganlarga jahl qilmang, ulardan nafratlanmang. Aksincha, hozir nima haqida o‘ylayotganingizga e’tibor bering. Axir, aynan shu o‘ylaringiz sizning kelajagingizga aylanadi. Muhabbat, muvaffaqiyat, omad, baraka va xursandchilik haqida o‘ylang va bular bilan kelajakda zavqlaning! Men hammaga baxt tilayman! Hammaga mehr-muhabbat tilayman!”, — deb yozdi xonanda Instagram`dagi sahifasida.

    Xonanda bir kun oldin Spa-salonga borgani haqida ma’lum qilib, salonda tushgan suratlarini o‘zining shaxsiy sahifasiga joylashtirgan edi. Mazkur suratlar aksariyat internet foydalanuvchilarining tanqidiga uchradi. Muxlislar xonandani har doimgidek ochiq-sochiq kiyinishda aybladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Lola: “Odamlar o‘zgalarning yutug‘idan quvona olmaydi”