Avvalroq, xonanda Nilufar Usmonova homilador ekani haqida xabar bergan edik. Xonanda bugun, 7 mart kuni qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Nilufar Usmonova Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tug‘ruqxonasida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi.
Xonandaning uch pahlavon o‘g‘li bor. U ko‘p yillar qiz farzandli bo‘lishni niyat qilgandi. So‘nggi bor kuylagan “Dadasining qizi” nomli qo‘shig‘i ham qiz farzand kutayotganiga ishora bo‘lgandi.
Ma’lum qilishlaricha, chaqaloq jarrohlik operasiyasi yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Chaqaloqning og‘irligi 3 kgdan yuqoriligi aytilmoqda. Ayni damda onaning ham, bolaning ham salomatligi yaxshi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nilufar Usmonovani farzandli bo‘lgani bilan muborakbod etib, ona va bolaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi