O‘zbek estradasi qirolichasi Yulduz Usmonovaning 11-23 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan konsertiga barcha biletlar sotib bo‘lindi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Buni tushunsa bo‘ladi — Yulduz Usmonova anchadan buyon O‘zbekistonda katta konsert dasturini namoyish etmayotgandi. Xonanda o‘tgan yil dekabrida mamlakat Konstitusiyasi qabul qilinganligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalarda qilgan chiqishi orqali katta sahnaga qaytdi.
Ta’kidlash joizki, Usmonova ko‘rsatilgan muddat oralig‘ida bir yoki ikkita emas, balki har kuni muxlislari uchun chiqish qiladi. Bugungi kunda "Istiqlol" san’at saroyi 3900 tomoshabinni sig‘dira olishi hisobga olinsa, shuncha kun davomida anchagina tomoshabin konsertdan bahramand bo‘ladi. Shunga qaramasdan, minglab muxlislar sevimli xonandasining konsertiga kirish uchun imkoniyat qidirishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar ortiqcha bilet bo‘lsa sotishlarini so‘rab yozilgan iltimoslarga to‘lib ketgan, odamlar kassalarda o‘ta uzun navbat bo‘lgani uchun bilet sotib olisholmaganini muhokama qilishmoqda. Hozir hamma kassalarga qo‘shimcha biletlar chiqarilishini kutmoqda.
Bu vaziyatdan olibsotarlar foydalanishga urinishmoqda. Ko‘pchilik muxlislarning aytishlaricha, ularga biletning o‘z narxidan bir necha baravar qimmat narxda bilet taklif qilishgan. Lekin bu biletlar haqiqiy ekanligiga kim kafolat beradi?
Xonandaning muxlislarini ajoyib shou-dastur kutmoqda. Estrada qirolichasi muxlislari uchun sevimli bo‘lib qolgan hamda yangi qo‘shiqlarini taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi