19:59 / 10.03.2017
18 012

Gollivudda Amir Temur haqida film taqdimoti kutilmoqda

Gollivudda Amir Temur haqida film taqdimoti kutilmoqda

O‘zbek rejissyori tomonidan suratga olingan Amir Temur haqidagi filmda Gollivudning mashhur aktyorlari Vinsent Kassel hamda Armand Assante rol ijro etishdi.

“Ulug‘ Bek. Mashaqqatlar aro yulduzlar tomon” kartinasi bir necha yillardan beri AQShda yashab kelayotgan rejissyor, klipmeyker Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan. Filmda Gollivud aktyorlaridan tashqari, Javohir Zokirov, Ma’ruf Otajonov ishtirok etgan.

Kartinaning premerasi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining bir-biridan ajoyib filmlari, kliplari bilan mashhur.

Xususan u rossiyalik qo‘shiqchi Nyushaning “Sunami”, “Balandroq”, “Adashtirma” kabi qo‘shiqlariga klip suratga olgan. Shu bilan birga Leonid Agutin, Maksim, “A-Studio", “Refleks” guruhlari, o‘zbek estradasi vakillaridan Shahzoda, So‘g‘diyona kabilar bilan ijod qilgan.

Rejissyorning “O‘lim farishtasi”, “Jannatdagi bo‘ri bolasi” kabi filmlari unga omad keltirmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivudda Amir Temur haqida film taqdimoti kutilmoqda