16:30 / 15.03.2017
9 090

​Dilso‘z: San’atda tanish-bilish avj olgan

​Dilso‘z: San’atda tanish-bilish avj olgan

Xonanda Dilso‘z jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

Xususan, Dilso‘z ayrim hollarda san’atni tark etish istagi paydo bo‘lishini ma’lum qildi. “San’atdagi nohaqlikni nimada ko‘rasiz?” degan savolga xonanda quyidagicha javob beradi:

San’atda tanish-bilish avj olgan. Kimnidir tanishi bo‘lganidan, kimnidir orqasidan ko‘tarilish san’atda ko‘p uchraydi. Iste’dodli inson bilan iste’dodsiz inson yuzma-yuz kelganida kattaroq tanishi bo‘lgan iste’dodsiz inson yutib ketadi. Chunki iste’dodli insonning orqasida hech kim yo‘q, uning tanishi, puli yo‘q. Mana shunday holatlarni ko‘rganimda, san’atdan voz kechib, hammasiga qo‘l siltab ketgim keladi.

Tanishining orqasidan ko‘tarilgan, nimagadir erishgan inson avvalo o‘ziga Men shunga munosibmanmi, degan savolni berishi kerak. Agar o‘sha odam olgan mukofotiga munosib bo‘lsa, hamma tan beradi. Lekin munosib bo‘lmasa, o‘z mehnati bilan ko‘tarilayotgan, izlanib,mehnat qilayotgan boshqa san’atkorlar oldida vijdoni qiynalishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Dilso‘z: San’atda tanish-bilish avj olgan