10:05 / 18.03.2017
24 446

​Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi

​Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi

Ancha paytdan beri kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni so‘zlab berdi, deb xabar beradi «Darakchi.uz».

— Hayotda har kimning baxti o‘z qo‘lida. Baxtni har kim o‘z qo‘li bilan yaratadi. Hayotda qoqilasiz, yiqilasiz, yiqilib turganingizda erdan tuproq olib, dushmaningizni ko‘ziga sochsangiz, o‘shanda siz hayotda non eya olasiz. Yashash uchun kurashish kerak.

“Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralari bor. Chiroyli turmush o‘rtog‘im bor. Men judayam baxtli ayolman”,—deydi Aziza Niyozmetova.

“Dushmanlaringizning sizga etkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob beradi:

— Dushmanlarimning menga etkazgan eng katta zarari bu ularning mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo‘ladi, deb hech kutmagandim. Turmush o‘rtog‘im ustozimning qizi bilan yurib ketadi, deb o‘ylamagandim. Turmush o‘rtog‘imni xiyonati uchun kechirmaganman. Bu voqega o‘sha erni o‘zidayoq nuqta qo‘yganman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi