07:50 / 19.03.2017
24 601

Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Xonanda Ziyoda 11 mart kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 2012 yilda oila qurgan Ziyodaning kenja farzandi ham o‘g‘il.

Xalqimiz to‘y-tantanani sevadi. Oilada tug‘ilgan yangi chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish ham alohida marosim. 18 mart kuni Ziyoda ikkinchi farzandi bilan tug‘ruqxonadan chiqdi, deb xabar bermoqda "Qalampir" sayti.

Shu kunlarda barchani qiziqtirayotgan savolga ham javob oldik. Xonanda Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda, kenja farzandiga yaxshi niyatlar bilan Imron deb ism qo‘ydi. To‘ng‘ich farzandining ismi Kamron.

Barhayotlik, obodlik degan ma’nolarni anglatuvchi Imronning qadami Ziyoda xonadoniga qutlug‘ kelib, umri uzoq bo‘lsin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?