14:22 / 23.03.2017
10 677

Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi

Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi
Bir necha kun avval, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgani, 11-23 aprel kunlariga belgilangan konsert dasturiga yana bir kun qo‘shilgani haqida xabar bergandik.

O‘tgan yillar mobaynida o‘zbek xalqining sevimli xonandasi Yulduz Usmonovaning konsert dasturi kunlari yana bir kunga uzaytirildi. Endilikda, konsert dasturi 10 apreldan emas, 9 apreldan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda Yulduz Usmonovaning ma’muri bergan ma’lumotga asoslanib Qalampir.uz xabar qildi.

Ma’lumot uchun, konsert chiptalarining bahosi balkon uchun 20 mingdan 30 ming so‘mgacha, parter o‘rindiqlarining bahosi 50 mingdan 250 ming so‘mgacha etib belgilangan.

“Istiqlol” san’at saroyidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, 10 aprel kuniga belgilangan konsertning parter uchun chiptalari sotib bo‘lingan. Kassada faqatgina balkon uchun chiptalar sotilmoqda.

“Istiqlol” atrofidagi “qora bozor”da 250 ming so‘mlik chipta narxlari 350 minggacha chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi