Sherali Jo‘raev katta konsertga tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 24 mart 2017, 14:26
  • 6 309
  • Madaniyat
  • Sherali Jo‘raev katta konsertga tayyorgarlik ko‘ryapti
    O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘raev konsert dasturi taqdim etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qilmoqda shoir Muhammad Ismoil'ning Feysbukdagi qoldirgan postiga tayanib Sputnik nashri.

    "Buyuk hofiz "Birinchi muhabbatim", "Turnalar", "Yigitlar", "Hurlar bormish jahonda", "Kelsa gar Navro‘zi olam", "Oshiqlaring sardori menman" singari yuraklarimizga bir umr muhrlanib qolgan shohona taronalardan ham jozibaliroq, yoqimliroq, sevimliroq qo‘shiqlarni bizga armug‘on etishiga ishonamiz. Ko‘ngillar yaxshi qo‘shiqqa muhtoj bo‘ldi. Ancha yillardan buyon ko‘ngillar yaxshi qo‘shiqni sog‘indi. Dilni o‘rtaydigan, dilga olam olam huzur bag‘ishlaydigan, yuraklarni junbushga keltiruvchi qo‘shiqlarni sog‘indi odam. Sherali aka! Biz sizga ishonamiz, biz sizdan yaxshi yaxshi qo‘shiqlar kutib qolamiz!", — deb yozgan Muhammad Ismoil o‘z xabarida.

    Sherali Jo‘raev konsertiga tayyorgarlik avjidaligi ayon. Ammo konsert sanasi ma’lum qilinmayapti.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sherali Jo‘raev katta konsertga tayyorgarlik ko‘ryapti