12:05 / 29.03.2017
11 913

Ra’no Yarasheva hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi

Ra’no Yarasheva hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva va uning qizi, xonanda hamda aktrisa Madina Mumtoz jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook live orqali muloqot qildi, deb yozadi «Darakchi.uz».

Muloqot jarayonida Ra’no Yarasheva dushmanlari haqida gapirar ekan, hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi.

“1998 yil. Men o‘sha yili ‘Nodirabegim’ videofilmda Nodirabegim rolini ijro etganman. O‘sha rolni yana bir inson o‘ynamoqchi bo‘lgan ekan. Meni bundan xabarim yo‘q edi. U aktrisa bizning teatrimizdan emas, umuman san’at sohasidan. O‘shanda Madina 8 yoshda edi. Uyga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Go‘shakni Madina ko‘targan. Avvaliga undan hol-ahvol so‘rashgan, keyin ‘Oying yo‘lda avariya bo‘lib, o‘ldi’, deyishgan”—deydi Ra’no Yarasheva.

“Eshitganlarimdan shok holatiga tushdim. Lekin o‘zimni yo‘qotmay, xolamga telefon qildim. Xolam etib kelgunicha, rosa yig‘laganman”,—deb onasining so‘zlari davom ettiradi Madina.

“Kechki payt uyimga etib kelsam, qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilgan, singillarim kelgan. Samarqandga ham meni o‘lganim haqida xabar berishgan. Qo‘shnilarim ‘O‘zingizga hech narsa qilmadimi, mashinangizga hech narsa qilmadimi?’, deb so‘rashgan. Men ular nima haqida gapirayotganini anglolmay, uyga yugurib chiqsam, Madina meni ko‘rib, yanayam qattiqroq baqirib yig‘lagan”,—deb xotirlaydi Ra’no Yarasheva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ra’no Yarasheva hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi