17:01 / 30.03.2017
56 659

Sharof Muqimov va Setora Alimjonova to‘yi haqidagi mish-mishga oydinlik kiritildi

Sharof Muqimov va Setora Alimjonova to‘yi haqidagi mish-mishga oydinlik kiritildi
Xonanda Sharof Muqimov hamda aktrisa Setora Alimjonovalarning kelin-kuyov obrazidagi suratlari tarqalayotgani va ushbu suratlar muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan to‘y suratlari klip yoki kino suratga olish jarayonida tushirilgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo hozircha unda ishtirok etgan mashhurlar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga to‘y suratlarini joylashtirib, sir boy bermagan holda ikki yoshni tabriklamoqdalar.

Qalampir.uz sayti vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida sirli tadbirda ishtirok etgan va to‘y suratlarini o‘zining ijtimoiy sahifasiga joylashtirgan aktyor Sardor Saydullaev bilan bog‘landi.

“Ochig‘ini aytganda, meni ushbu tadbirga shoshilinch ravishda boshlovchilikka chaqirishdi. Biroz tobim yo‘q bo‘lsa-da, tadbirga bordim. Tadbir kichik kafeda bo‘lib o‘tdi. Boshlovchi sifatida mendan kelin va kuyov kelganini e’lon qilishni so‘rashdi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, Sharof Muqimov va Setora Alimjonova kirib kelishdi. Men uchun ham hammasi kutilmaganda sodir bo‘ldi. O‘ylashimcha, bu haqiqiy to‘y emas. Chunki, mehmonlarning soni juda kam edi. Bundan tashqari, atrofdagilardan uzuk taqish jarayoni videoga olingach, qaytarib berishlarini aytib, nikoh uzuklarini berib turishlarini aytishdi. Tadbir davomida bu maxsus tayyorlangan loyiha ekanini eshitdim”, deydi aktyor.

Xo‘sh, bu yo‘sindagi bachkanalik kimga kerak? Yoki Sharof Muqimov o‘z reytingini shu orqali tiklamoqchimi? Aktrisa Setora Alimjonovaga ushbu loyihadan nima naf? Balki bu erda katta pul rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Lekin ikkisi ham pulga zoriqqan odam emas-ku! Yoki xalqni aldab yurish ularga yoqarmikan?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sharof Muqimov va Setora Alimjonova to‘yi haqidagi mish-mishga oydinlik kiritildi