18:39 / 31.03.2017
13 022

Xonanda Munisa Rizaeva «Milliy TV» telekanalida «taqiq»qa uchragani yolg‘on ekanligini aytdi

Xonandalar Munisa Rizaeva va Rayhonning kliplari «Milliy TV» telekanali efiridan olib tashlangani haqida xabar berilgan edi. Munisa Rizaeva mazkur xabarga Instagram’dagi sahifasi orqali munosabat bildirdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Xonanda Munisa Rizaeva «Milliy TV» telekanalida «taqiq»qa uchragani yolg‘on ekanligini aytdi
«Milliy» telekanali efiridan Rayhon va Munisaning kliplari olib tashlandi deb hamma joyda shov-shuv bo‘lib ketdi. Hammasi yolg‘on. Bizning kliplarimiz va ashulalarimiz hamma joyda Xudoga shukur aylanib turibdi.

Munisa Rizaeva, xonanda

Xonanda bu kabi «piar» kimga kerak ekanligini yozib, jurnalistlarni to‘g‘ri ma’lumot berishga chaqiradi. Munisa Rizaeva turli haqoratli izohlar yozib qoldirayotgan internet foydalanuvchilaridan ham ranjiganini aytadi.

Bugun men va Rayhon odamlarni yozgan izohlarini ko‘rib hayratlandik, sizlar bizlarni shunchalar yomon ko‘rasizlarmi? Ertalabdan kechgacha biz san’atkorlar uxlamasdan muxlislarimiz uchun ijod qilsak, nahotki bizning shuncha xizmatimizni har xil haqoratlar bilan internet tarmoqlari orqali yomon izohlar qoldiryapsizlar. Ko‘rmasdan turib birovga tuhmat qilish bu katta gunoh hisoblanadi!

Munisa Rizaeva, xonanda

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Munisa Rizaeva «Milliy TV» telekanalida «taqiq»qa uchragani yolg‘on ekanligini aytdi