10:56 / 02.04.2017
18 346

1 aprel kuni Milena Madmusaeva farzandli bo‘ldi

1 aprel kuni Milena Madmusaeva farzandli bo‘ldi
Opera yo‘nalishida ijod qilib, nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tiborga tushishga muvaffaq bo‘lgan xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Milena Madmusaeva kecha, 1 aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Abduhamid Xalilov'ga asoslanib Qalampir.uz xabar berdi.

Qizaloq kecha sahar soat 3:40 da Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikasida dunyoga keldi. Unga Soraxon deb ism berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Milena Madmusaeva va Abduhamid Xalilov 2016 yil 25 aprel kuni Toshkentdagi “Versal” restoranida turmush qurishgan edi.

Fursatdan foydalanib, san’atkorlar oilasini qiz farzand bilan muborakbod etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 1 aprel kuni Milena Madmusaeva farzandli bo‘ldi