08:46 / 04.04.2017
7 764

«Jonim yig‘loqi» filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

Rejissyor Otabek Mirzaxolovning «Jonim yig‘loqi» filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqida, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammadga asoslanib Daryo.uz ma’lum qildi.
«Jonim yig‘loqi» filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Aprel oyining birinchi haftasi kinoreytingida «Jonim yig‘loqi»dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’dievning «Er bermoq, jon bermoq 2», Iqbol Meliqo‘zievning «Ketaman dedimmi, ketaman», Rixsivoy Muhammadjonovning «Isnod», Ulug‘bek Yunusovning «Ayg‘oqchi kampir 007» filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda «Oh, Salima, Salima», «Kokteyl», «Bebahoginam», «Ettinchi qavat», «Voy dod 2» kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

27 mart — 2 aprel oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. «Jonim yig‘loqi» (komediya)
Rejissyor – Otabek Mirzaxolov

2-o‘rin. «Er bermoq, jon bermoq 2» (komediyali melodrama)
Rejissyor — Rustam Sa’diev

3-o‘rin. «Ketaman dedimmi, ketaman» (komediya)
Rejissyor — Iqbol Meliqo‘ziev

4-o‘rin. «Isnod» (drama)
Rejissyor — Rixsivoy Muhammadjonov

5-o‘rin. «Ayg‘oqchi kampir 007» (komediya)
Rejissyor — Ulug‘bek Yunusov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Jonim yig‘loqi» filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi