“Tor 3: Ragnaryok” filmining birinchi treyleri chiqdi (video)

  • 11 aprel 2017, 11:27
  • 4 166
  • Madaniyat
  • “Tor 3: Ragnaryok” filmining birinchi treyleri chiqdi (video)
    Yil avvalida 2017 yilda ekranlarga chiqadigan kartinalar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etgan edik. Endi ular birin-ketin premera qilinmoqda, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

    Superqahramon haqidagi “Tor 3: Ragnaryok” filmining birinchi treyleri e’lon qilindi. Film taqdimoti 2 noyabrga mo‘ljallangan.

    Tor rolida yana Kris Xemsvort, Loki obrazida esa Tom Xiddlston. Shuningdek, filmda Keyt Blanshett, Idris Elba, Jeff Goldblyum, Mark Raffalo va Benedikt Kamberbetch ishtirok etgan. Rejissyor – Tayka Vaytiti.

    Syujet bo‘yicha, Tor Asgardga qaytadi va uning ukasi Lokining harakati tufayli eng qo‘rqinchli voqea – Ragnaryok yaqinlashayotganini biladi.

    Bu qanday voqea? Nega u qo‘rqinchli? Bu savollarga filmni ko‘rgach, javob topasiz. Hozircha esa filmning dastlabki treylerini tomosha qiling.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Tor 3: Ragnaryok” filmining birinchi treyleri chiqdi (video)