Xabaringiz bor, Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari joriy yilning 15 martidan e’tiboran qoidabuzarliklar uchun jarimalarni qayd etishni boshladi.
Ayni kunlarda Toshkent shahrida harakatlanib, qoida buzgan ko‘plab avtomobil egalarining xonadonlariga kuzatuv kameralari qayd etgan qoidabuzarlik haqida ma’lumotnomalar jo‘natilmoqda. Bunday holat taniqli shaxslarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
Kuni kecha aktrisa Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushgani, jarimalar qimmatligidan noligan edi. Bugun tongdan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva ham xonadoniga tashlab ketilgan jarima ma’lumotnomasining suratini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Suratda Cobalt va Toyota Prado avtomobillari surati aks etgan. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Toyota Prado avtomobili Rayhon G‘anievaning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovga tegishli. Rayhon esa Captiva avtomobilini boshqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi