Ayni kunlarda Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yakkaxon konserti o‘tkazilmoqda. Odatda bu kabi shoularda mashhurlar qatnashishi an’anaga aylangan. Biroq Yulduz Usmonovaning konsertida kutilmagan mehmon – AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim ham ishtirok etdi.
San’atkorning rasmiy saytida xabar berilishicha, elchi primadonnaning ijodini yuqori baholagan va o‘zbek tilida “Yulduz Usmonova, siz juda zo‘r” deya qayd etgan.
Ta’kidlash joiz, el suygan xonandaning “Ey, aziz inson” deb nomlangan konserti uzoq kutilgan edi. Shu bois ham dastur kunlariga ikki kun qo‘shildi. Konsert 23 aprelga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?