26 aprel kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida Rossiya milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Orkestrga Vladimir Spivakov badiiy rahbarlik va bosh dirijyorlik qiladi.
San’at kechasi O‘zbekiston va Rossiyaning muvaffaqiyatli hamkorligi tasdig‘i bo‘ladi: Moskvadagi etakchi opera teatrlarining solistlari Anna Aglatova va Vasiliy Ladyuk, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov bir sahnada kuylashadi.
"Sputnik"ning yozishicha, konsert O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida hamda O‘zbekiston madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlashi orqali tashkil etilmoqda. "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, san’at, madaniyat va sport sohasida tadbirlar uyushtirish, ilmiy-ta’lim va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi