12:35 / 24.04.2017
36 140

Rayhon erining bolalariga ham onalik qilmoqda

Rayhon erining bolalariga ham onalik qilmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva turmush o‘rtog‘ining farzandlari bilan aloqalari yaxshi emasligi haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Bu, tabiiyki, xonandaga yoqmagan. U oilaviy surat va kinoyali she’r bilan ushbu mish-mishlarga javob berdi deb yozadi qalampir.uz.

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va ularning farzandlari birgalikda oilaviy fotosessiya o‘tkazishdi. Suratlar orqali Rayhon turmush o‘rtog‘ining farzandlari bilan munosabatlari yaxshi ekanini isbotladi. “It hurar – karvon o‘tar” mazmunidagi rus tilida yozilgan she’r orqali xonanda bu kabi gap-so‘zlar ularning ahilligiga rahna sola olmasligiga ishora qildi.

Farhod Alimov esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali oilaviy baxtli hayoti haqida post yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon G‘anieva 2016 yilning noyabr oyida Farhod Alimov bilan turmush qurgan.

Rayhon birinchi turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida 2015 yilning yanvar oyida rasman xabar qilgandi. Ularning Islom va Imron ismli egizak o‘g‘illari bor.

Farhod Alimov ham 2016 yilning may oyida rafiqasi bilan 8 yillik turmushdan so‘ng ajrashgan. Ularning Bernara, Umar va Latifa ismli uch farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon erining bolalariga ham onalik qilmoqda