16:31 / 28.04.2017
7 786

O‘zbekistonda Kinematografiyani rivojlantirish Markazi ish boshladi

O‘zbekistonda Kinematografiyani rivojlantirish Markazi ish boshladi
Mamlakatimizda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berish maqsadida yangi Markaz o‘z ishini boshladi deb yozadi Darakchi nashri.

Kinematografiyani rivojlantirish markazi yuqorida ko‘rsatilgan bir qator ijtimoiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ko‘zlagan holda NNT sifatida ta’sis etilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Markazning tantanali ochilish marosimi 3 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida kino arboblari, kino tanqidchilar, aktyor va aktrisalar hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tadi.
Markaz Toshkent shahar Muqimiy ko‘chasi 8 uyda joylashgan.

Darvoqe, Markaz allaqachon kinematografiya sohasiga o‘zining hissasini qo‘shishni boshlab yuborgan. O‘zbekistonlik talaba Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmida rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor, «Brigada», «Jmurki», «Ostrov» kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujevning ishtirokini ta’minlagan.

Markaz matbuot xizmati tomonidan quyidagi fotosuratlar taqdim etildi.















arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda Kinematografiyani rivojlantirish Markazi ish boshladi