16:12 / 30.04.2017
7 749

Jastin Biber tishlari uchun oltin va yoqutdan bezak tayyorlatdi

Jastin Biber tishlari uchun oltin va yoqutdan bezak tayyorlatdi
Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber tishlari uchun qimmatbaho bezakka buyurtma berdi. Bu haqda TMZ'ga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Oldingi oltita tishni qoplab turuvchi bezak pushti oltin va pushti yoqutdan tayyorlangan. Toshlarning umumiy og‘irligi olti karatni tashkil qiladi. Bezak 15 ming dollarga baholanmoqda.

Los-Anjelesdagi Gold Teeth God zargarlik firmasining ustasi buyurtma ustida besh kun ishlagan. Bezak tayyor bo‘lgach, firma uni o‘zining Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jastin Biber tishlari uchun oltin va yoqutdan bezak tayyorlatdi