Rayhon va Yigitali Mamajonov o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

  • 01 may 2017, 12:25
  • 18 600
  • Madaniyat
  • Rayhon va Yigitali Mamajonov o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning o‘g‘illari Islom va Imron bugun, 1 may kuni 3 yoshga to‘ldi.

    Mazkur sana munosabati bilan Rayhon va Yigitali o‘g‘illariga atalgan dil so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yozib qoldirdi.

    Rayhon farzandlarining suratlarini Instagram`dagi sahifasiga joylab, ularni tug‘ilgan kunlari bilan tabrikladi.

    “Bolajonlarim mening, tavvallud ayyomlaring muborak bo‘lsin. Alloh tanu jonlaringni sog‘-salomat, qalblaringni iymonga to‘la qilsin In sha Alloh. Farzandlarimizning baxtu kamolini ko‘rish bu dunyodagi har bir ota onaga nasib qilsin, Ilohim!”,—deb yozadi Yigitali Mamajonov.

    Ma’lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012 yilning 16 noyabr kuni turmush qurgan edi. Ularning egizak o‘g‘illari 2014 yil 1 may kuni dunyoga kelgan. 2016 yilning may oyida Yigitali va Rayhonning qonunan ajrashgani ma’lum bo‘ldi.




    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rayhon va Yigitali Mamajonov o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi