09:02 / 02.05.2017
6 603

O‘zbekistonda “Shum bola” kinofestivali o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Shum bola” kinofestivali o‘tkaziladi
Foto: O‘zbekkino

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Gyote instituti Toshkent filiali va Germaniyaning «Shlingel» (Schlingel) xalqaro kinofestivali direksiyasi bilan hamkorlikda 3-7 may kunlari bolalar va yoshlar uchun “Shum bola” IV o‘zbek va nemis kinolari festivalini o‘tkazishini ma’lum qildi.

Mazkur tadbirda “Shlingel” xalqaro kinofestivali direktori Mixail Xarbauer, kinprodyuser Aleksandara Proxazka, rejissyorlar Alen Geponer va Toni Loyzer kabi xorijlik kinoijodkorlarning tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Festivalning ochilish marosimi 3 may kuni soat 14:30da Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda “Shum bola” kinofestivali o‘tkaziladi