21:26 / 03.05.2017
9 223

Alisher Uzoqov yangicha yo‘nalishda komediya suratga oladi

Alisher Uzoqov yangicha yo‘nalishda komediya suratga oladi
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida juda ko‘p san’at namoyondalari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar orasida aktyor Alisher Uzoqov ham bor edi, fursatdan foydalanib Darakchi.uz nashri jurnalisti uni suxbatga tortdi hamda yangi markaz haqidagi tassurotlari bilan qiziqdi.

“Markaz ochilishidan xabarim bor edi, bugun bu erda kino sohasidagi barcha muammolar va ularga echimlar aytib o‘tildi. Endilikda oldinda turgan eng asosiy vazifa bu rejalarni amalga oshirilishi, ya’ni natijadir. Men ana shu rejalar va maqsadlar amalga oshishini tilab qolgan bo‘lardim.”

O‘zining kinofaoltiyatida amalga oshirayotgan ishlari bilan qiziqqanimizda aktyor ayni damda komediyaning yangi yo‘nalishida film suratga olish arafasida ekanligini aytib o‘tdi.

“Ancha oldin kinossenariy yozib qo‘ygandim, shu oydan uni suratga olish ishlariga kirishmoqchiman. Anchadan buyon kino olganim yo‘q. Ushbu film ssenariysini to‘rt marotaba qayta yozib chiqdim. Film yangi yo‘nalishdagi komediya janrida suratga olinadi. Kinoning qay darajada chiqqanini esa tomoshabinga havola etgandan so‘ng bilamiz.”

Yangi filmning nomi “Muzlagan” bo‘lib, uni aktyor hamda rejissyor Alisher Uzoqov joriy yilning yangi mavsumida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Filmda rollarni Alisher Uzoqovning o‘zi hamda Adiz Rajabov ijro etadi. Qolgan aktyorlar jamoasi endi shakllantirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov yangicha yo‘nalishda komediya suratga oladi