O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabasi, yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning qisqa metrajli “U” (“Ona”) nomli filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivaliga tavsiya qilindi.
Bu haqda bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida ma’lum qilindi.
Mazkur film Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar burchagida (Short Film Corner) ko‘plab professional ijodkorlarning asarlari qatorida namoyish qilinadigan bo‘ldi. Mazkur ma’lumot Xalqaro kinofestivalning www.cannescourtmetraj.com saytida ham e’lon qilingan. Bu esa mamlakatimiz kinematografiyasining yana bir ulkan yutug‘i hisoblanadi.
Kinematografiyani rivojlantirish Markazining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan biri aynan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda Markaz Muxlisa Azizovaning “U” filmini suratga olishga ko‘maklashdi. Mazkur film Markazning ilk loyihalaridan biri.
Mazkur film fevral oyida Toshkent shahrida suratga olinib, unda aktyorlar Ra’no Shodieva, Karim Mirhodievlar bilan bir qatorda rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujev ham suratga tushgan.
8 may kuni Rus akademik drama teatrida film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unga Dmitriy Dyujev ham tashrif buyuradi.
Kann xalqaro kinofestivali 17 dan 28 mayga qadar Fransiyada bo‘lib o‘tadi. 2017 yilda kinofestival o‘zining ettmishinchi yubileyini nishonlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi