13:01 / 10.05.2017
11 857

Bollivud ijodkorlari afsonaviy Bryus Li haqida film suratga oladi

Bollivud ijodkorlari afsonaviy Bryus Li haqida film suratga oladi
Xitoylik kung-fu ustasi Bryus Lining yoshligi haqidagi yangi film hind rejissyori Shekhar Kapur tomonidan “Kichik ajdarho” nomi bilan suratga olinadi, deb xabar qiladi Qalampir.uz.

Film Xitoy investorlari tomonidan moliyalashtirilgan va unda Gonkongdagi 1950 yillar hayotiga oid sahnalar aks etadi. Gollivudning faxriy rejissyori Meriy Verniu dunyo miqyosida Bryus Lining yoshligi rolini o‘ynashga iqtidorlarni tanlamoqda. Film g‘oyasi Bryus Lining qizi Shennon Li tomonidan yozilgan va tayyorlangan. Bu jarayonda “Bruce Lee Entertainment” hamda “Bruce Lee Family Company” Bryus Li merosi va g‘oyalarining asarga singdirilishini nazorat qilishadi.

Shekhar Kapurning aytishicha, filmda yosh Bryus Li obrazidagi aktyor uning yoshligida foydalangan narsalari va o‘z qo‘li bilan yozgan falsafiy g‘oyalaridan bevosita foydalanadi.

“Kichik ajdarho” filmi bir nechta Xitoy kompaniyalari bilan birga “Dadi Media Group”, “Beijing Golden World Pictures”, “Shanghai Longzhilin Cultural Investment Partnership” va “Kirin Media” hamkorligida ishlanmoqda.

“Men hamisha otamning yoshligi va bolalik hayoti haqida yaxlit tasavvurni o‘z bilganlarim asosida shakllantirishni istardim. Bu film nafaqat otam, balki haqiqiy inson taqdiri haqidadir”, deydi Bryus Lining qizi Shennon.

Film voqealari Xitoy va Malayziya hududida suratga olinishi rejalashtirilgan.

Filmni suratga olishda Yu-San Yu, Allen Tan, Leo Zang va Jef Chao rejissyor Shekhar Kapur bilan birga ish olib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud ijodkorlari afsonaviy Bryus Li haqida film suratga oladi