10:45 / 11.05.2017
10 288

Shohruhxonning navbatdagi filmi urush haqida

Shohruhxonning navbatdagi filmi urush haqida
Odatda muxlislar Bollivud qiroli Shohruhxonni romantik obrazlar qahramoni sifatida juda yaxshi bilishadi. Ammo bu film uning hind armiyasi va havo kuchlari tarkibidagi qahramonligi va jasorati haqida, deb yozadi Qalampir.uz.

Filmda juda katta harbiy operasiya tasvirlanadi va ijobiy qahramonlar asosiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishadi. Kinossenariy 2000 yilda muvafaqiyatli chiqqan “Kukri operasiyasi” g‘oyalari asosida shakllantirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu loyiha “Red Chillies Entertainment” tomonidan ishlanmoqda. Sahnalar Afrikadagi bir nechta jangovar hududlar hamda real harbiy harakatlar ketayotgan joylarda suratga olinadi.

Filmdagi rollar taqsimoti aniq va Shohruhxon bunda bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, katta ehtimol bilan filmda Shohruhxon o‘qchi formasidagi harbiy obrazida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruhxonning navbatdagi filmi urush haqida