15:05 / 22.05.2017
9 774

Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas

Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ba’zi estrada xonandalarining sahnaga ochiq-sochiq kiyinib chiqishiga munosabat bildirib, bu kabi holatlar oldini qanday olish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.

«San’atkorlarning ochiq-sochiqligi va yalang‘ochlashib ketayotganiga faqat ma’rifat bilan kurashish kerak, boshqa yo‘li yo‘q. Zo‘rlik bilan taqiqlab bo‘lmaydi. Taqiqlasa ham, to‘g‘ri tushunmayotgan holatlar, ‘Demokratik davlatda yashayotgandik-ku’ qabilidagi e’tirozli vaziyatlar bo‘lyapti», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

«To‘g‘ri, lekin demokratiya ekan deb, o‘z singlingni qo‘shningni singlisiga erga bermaysan-ku, chek-chegara bo‘lishi kerak-ku. Demokratiya ham mentalitetdan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni saqlagan holatda bo‘lishi kerak. Demokratiya — ishtoningni echib, sahnaga chiqaver, degani emas», — dedi xonanda.

«Har millatning o‘z rangi, dunyoqarashi, tushunchalari va talablari bor. Qadriyatlarisiz millat o‘zini yo‘qotadi. Agar tarallabedodlik qilishga qo‘yib berilsa, butun boshli millat o‘z rangini, o‘zini yo‘qotishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas