Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi

  • 03 iyul 2015, 17:47
  • 6 056
  • Madaniyat
  • Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi

    «Glavnaya ssena» musiqiy loyihasi g‘olibi o‘zbekistonlik Sardor Milano AQShning NBC telekanali tonggi efiri uchun intervyu berdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

    Milano suhbat avvalida bu o‘zining ingliz tilidagi ilk intervyusi ekanligi uchun juda hayajonlanayotganini tan olgan.

    Boshlovchi Styuart Mur Sardorga uning chiqishlari va Amerikaga tashrifi borasida bir nechta savol bergan. Efirdan yozib olingan videoni Murning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.

    Shuningdek, bir paytlar Backstreet Boys guruhini ochgan Tim Kuns ham efirda ishtirok etgan va Sardorni etishib kelayotgan jahon yulduzi deb hisoblashini ta’kidlagan.

    Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Sardor Milano Rossiyaning «Glavnaya ssena» musiqiy loyihasida g‘olib bo‘lgandi va mashhurlikka erishgandi. Unga Konstantin Meladze ustozlik qilib kelmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi