13:05 / 31.05.2017
68 433

Luiza Rasulova suratlari ostiga yozib qoldirilayotgan haqoratlarga qanday javob berdi?

Luiza Rasulova suratlari ostiga yozib qoldirilayotgan haqoratlarga qanday javob berdi?
Aktrisa va boshlovchi Luiza Rasulovaning ijtimoiy tarmoqqa joylagan surati tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Luiza Rasulova ana shunday haqoratli so‘zlardan iborat bo‘lgan sharhlarni skrin-shot qilib o‘zining Instagramdagi sahifasiga joyladi.
“Men bu gaplarga e’tibor bermaslikka harakat qildim, lekin uzr, bu narsa qo‘limdan kelmadi. Odamlarga hayronman unday qilsang bunday deydi, bunday qilsang unday deydi. Faqat va faqat kamchilik topib, bir gala bo‘lib g‘iybat qilishsa bo‘ldi. Shu narsadan semirishadimi deyman. Biz hammamiz san’at ichidagi odamlarmiz har doim harakatdamiz hozir Ro‘zayi Ramazon oyi bo‘lishiga qaramasdan biz yoki s’yomkada yoki sahnadamiz bekorchi ishlar bilan shug‘ullanib yurganimiz yo‘q.

Oddiy bir misol keltiraman bugun ertalab klip jarayonidan video quydim, keyin bir pas unga yozilayotgan izohlarga qarab turdim, nima emish uyalmaysizmi shunday kunlarda kalta ko‘ylak kiygani, ming lanat senga diyishadimiey. Ota-onamni qo‘shib xaqoratlashadimiey… Bitta narsani aytaman, biz o‘zimiz tanlamaymiz klipga nima kiyib, nimada tushishni, buni liboslar buyicha dizayner va rejissyor xal qiladi. Odamlar aql o‘rgatib, o‘zini Hudojo‘y qilib ko‘rsatishadi lekin yozayotgan gaplari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Judayam achinarli holat, shunchalik aqlli ekansizlar nahotki bilmaysiz, birovni so‘kib haqorat qilish gunohligini, nafaqat so‘kinish balki g‘iybat ham katta gunoh. Bir odamni muhokama qilish ham gunoh. Bunday insonlarga faqatgina achinaman xolos. Insof so‘rayman sizlarga.

Ozgina yozayotgan gapinglarga e’tibor berishga harakat qilinglar, tilinglarni ushlab turolmasangiz ham. Meni hayotimga hech kimni aralashishga hattoki qanday kiyinib yurish turishimga ham baho berishga hech kimning haqqi yo‘q, oilamdan boshqa. Mayli hammamiz ham Hudoning bir gunohkor bandalarimiz, men o‘z qilgan ishlarim uchun yurish turishim va hattoki kiyinishim uchun ham narigi dunyoda o‘zim javob beraman, hech kim men qilgan ish uchun javob bermaydi. Sizlar o‘zingiz uchun javob berishni o‘rganinglar. Sizlardan bir iltimosim bor biz ijodkor insonlarni tug‘ri tushunishingizni va qilayotgan kichkinagina ijodimizni ko‘rib bahramand bo‘lishingizni hohlardim. Bu hayotimiz o‘zi qisqa uni esa har xil bo‘lar-bo‘lmas ishlarga sovurmaylik. To‘g‘ri barchangiz birdek o‘z fikringizni yozishga haqqingiz bor, lekin bu ish noto‘g‘ri deb uylayman, undan ko‘ra o‘sha odamning erishayotgan yutuqlaridan qilayotgan ijodidan fahrlanishni o‘rganing. Rahmat”, deya fikrini muhtasar qildi Luiza Rasulova.

Luizaning aynan qaysi surati bunday tanqidlarga sabab bo‘lgani ma’lum emas, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Luiza Rasulova suratlari ostiga yozib qoldirilayotgan haqoratlarga qanday javob berdi?