15:03 / 31.05.2017
9 599

“Operasiya”, “Tomsuvoq”, “Qism”… Xonandalar to‘yda qanday jargon so‘zlardan foydalanadi?

“Operasiya”, “Tomsuvoq”, “Qism”… Xonandalar to‘yda qanday jargon so‘zlardan foydalanadi?
“Tomsuvoq” — bu san’atkorlar uchun uncha yoqimli bo‘lmagan so‘z. Sababi, bu atama tekinga boriladigan to‘yni anglatadi.
“Operasiya” — Kelin va kuyovning onasi so‘zga chiqqanida qarindoshlar pul qistirishadi, o‘sha pulning hammasi sozanda-yu, xonandaning cho‘ntagiga borib tushadi. Bu yana “daromad” deb ham yuritiladi.

“Qistir”— Bu xonandalarga moydayin yoqib tushadigan so‘z ekan. Sababi, davrada qistir-qistirda yig‘ilgan pullar gohida to‘yda gaplashilgan narxdan ham oshib ketar ekan. Bu pullar to‘y tugaganidan keyin xonanda bilan uning sheriklari o‘rtasida teng taqsimlanar ekan.
“Qism”— bu so‘z ham yuqoridagi ma’noni anglatadi.

“Birrov” — to‘yxonaga atigi 20-30 daqiqa xizmat qilib chiqiladigan to‘y.
“Navbatchi”— Bunda xonanda to‘yning boshidan oxirigacha qo‘shiq aytadi.

“PILESOS”MI YoKI “ PULYuTGICh”?
Ha, aytgancha deyarli barcha san’atkorning davradagi pullarni yig‘ib chiqadigan yordamchisi bo‘ladi. Yordamchi, yani bizning nazarimizdagi “Pulyutgich” to‘y egalari mehmonlarga tarqatgan pullarni yig‘ib chiqadi. Ayni paytda poytaxt to‘ylarida bu narsaga chek qo‘yilayotganidan ham xabar topdik.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Operasiya”, “Tomsuvoq”, “Qism”… Xonandalar to‘yda qanday jargon so‘zlardan foydalanadi?