18:10 / 03.06.2017
9 930

Shuhrat Qayumov labini peshonasigacha shishirib, TVga chiqayotganlarni tanqid qildi

Shuhrat Qayumov labini peshonasigacha shishirib, TVga chiqayotganlarni tanqid qildi
Xabar berganimizdek, kecha, 2 iyun kuni “O‘zbekkonsert” DM majlislar zalida tanqidiy ruhda majlis o‘tkazildi.

Ushbu majlis davomida ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar ham sohaga oid fikrlarini bildirib o‘tdilar. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov “sun’iy” xonandalarni “sanoatkorlar”ga o‘xshatdi.

“Bugungi globallashuv jarayoni, texnika asrida san’atkorlarimiz studiyalarga borib, ovozini maxsus texnikalar orqali o‘zgartirib kelishayotgani hech kimga sir emas. San’atkorlarning sanoatkorlardan farqi qolmadi. Ehtimol, bu haqda erkak kishi gapirishi kerak emasdir, lekin oramizdagi ijodkor ayollar lablarini peshonasigacha shishirib, televideniega chiqayotganlar xalqni nimaga boshlamoqchi? Qaysi tomonlama o‘rnak bo‘lishmoqchi, tushunmadim. Shaxsan mening qizim, ayolim bunday bo‘lishini xohlamayman. El orasida hurmatimiz tushib borayotganiga ham mana shunday holatlar sabab bo‘lmoqda. Hammasiga o‘zimiz aybdormiz”, dedi Shuhrat Qayumov.

Shuningdek, xonanda va boshlovchi Shuhrat Qayumov Mustaqillik bayramidagi chiqishlar paytida ayrim hollarda o‘zbek milliy kuyi emas, balki xorijiy taronalar, xususan, eroncha musiqalar yangrayotganini kuyunib ta’kidladi. Vatan sha’ni tantana qilinadigan bayramda o‘z milliy taronasi bo‘lmagan xonandalardan nolidi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shuhrat Qayumov labini peshonasigacha shishirib, TVga chiqayotganlarni tanqid qildi