18:31 / 03.06.2017
8 395

Jeki Chan Qozog‘istonga kelmoqda

Jeki Chan Qozog‘istonga kelmoqda
Mashhur aktyor Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar bermoqda. Jeki Chan iyun oyida Ostona shahrida o‘tkaziladigan EKSPO-2017 doirasidagi kinofestivalda ishtirok etadi.

7 iyundan 18 iyungacha Qozog‘istonda o‘tkaziladigan festival chog‘ida Xitoy filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar bu yilgi tadbir mashhur yulduzlarga boy tarzda o‘tishini va’da qilishmoqda.

Jeki Chan filmlari asosan jangari janrda bo‘lsa-da, aktyor turli tryuklari bilan hamon kino ixlosmandlarini o‘ziga maftun etib keladi. Aytish kerakki, u nafaqat aktyor, balki prodyuser, ssenariy ustasi, rejissyor, xonanda hamdir.

2016 yil noyabr oyida Jeki Chan kinosanoatga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. 62 yoshli aktyor mukofotni qo‘lga kiritar ekan, “200 ta film, yana shuncha singan suyaklarim uchun “Oskar” meniki”, deya chiqish qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jeki Chan Qozog‘istonga kelmoqda