02:03 / 07.06.2017
7 152

«Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi

«Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi
Toshkentda yaqin orada zamonaviy konsert zali barpo etiladi. U akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz sayti. Bu O‘zbekiston Prezidentining 31 maydagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Yangi konsert zali poytaxtning qoq markazida - Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ushbu binoda «Toshkent» fond birjasi joylashgan. Uning yonida MUM, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr va boshqa madaniy ob’ektlar joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga binoni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi