19:13 / 07.06.2017
15 994

Xonanda Ozodbek Nazarbekov bepul xizmat qo‘rsatishga qarshi chiqmoqda

Xonanda Ozodbek Nazarbekov bepul xizmat qo‘rsatishga qarshi chiqmoqda
O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov san’atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan davlat tashkilotlari unga pul o‘tkazish yo‘li bilan ular xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

U bunday taklif bilan 2 iyun kuni "O‘zbekkonsert" tashkilotida bo‘lgan majlisda chiqdi. Vazirlikdagi mulozim vazirlik bu taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi qoshida tijoriy bo‘lim ochish va san’atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan davlat tashkilotlari unga pul o‘tkazish yo‘li bilan ular xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. O‘z chiqishida xonanda¸ xususan¸ prokuratura va boshqa davlat muassasalari amaldorlarining o‘z bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanish ustiga¸ do‘q urib san’atkorlarni obro‘sizlantirishi haqida shikoyat qildi.

"Davlat tashkilotlari oldida san’atkorlarning hurmati yo‘q. Davlat tadbirlari haqida gapirmayapman. Tashqi ishlar vazirligida tadbir qiladi yoki prokuraturada oddiy o‘tirish qiladi, masalan¸ Navro‘zga o‘tiradi, nonni pulga oladi, suvni pulga oladi, restoranni pulga zakaz qiladi va san’atkor tekinga borishi kerak. Hurmat ham shunga yarasha bo‘ladi", - dedi Nazarbekov.

Ismi sir qolishi sharti bilan gapirgan o‘zbekistonlik taniqli xonandalardan biri Ozodbek Nazarbekovning e’tirozi o‘rinli ekani, lekin uning taklifi ish berishiga ishonmasligini aytadi. "Kerak bo‘lsa Yulduz ham boradi, G‘ulom ham boradi, Ozod ham boradi va tadbirlarida xizmat qiladi"¸ - dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Ozodbek Nazarbekov bepul xizmat qo‘rsatishga qarshi chiqmoqda