13:45 / 09.06.2017
6 621

O‘zbekistonlik talabaning "U" filmi Kiprda "Oltin Afrodita" uchun kurashadi

O‘zbekistonlik talabaning "U" filmi Kiprda "Oltin Afrodita" uchun kurashadi
Joriy yilning 14-24 iyun kunlari Kiprning tarixiy Pafos shahrida 12-Kipr xalqaro kinofestivali (CYIFF) o‘tkaziladi, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur kinofestivalning asosiy dasturidan o‘zbekistonlik yosh kinorejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan va yaqindagina 70-Kann xalqaro kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar burchagida namoyish etilgan “U” filmi ham o‘rin olgan.

Kinofestivalda turli mamlakatlarning yosh kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 100ga yaqin to‘liq va qisqa metrajli badiiy filmlari ishtirok etib, festivalning bosh sovrini – “Oltin Afrodita” (Golden Aphrodite) uchun kurashadi.

Ma’lumot uchun: Kipr xalqaro kinofestivali 2006 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, jahondagi 5500dan ortiq festivallar orasida yirik 100talikka kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik talabaning "U" filmi Kiprda "Oltin Afrodita" uchun kurashadi